06:47 / 18.11.2015
2680

O‘zbekistonda 9 oy ichida yo‘llarni ta'mirlash va qurish uchun 1,03 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi

O‘zbekistonda 2015 yilning 9 oy ichida 1,03 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ga umumiy foydalanish yo‘llarini qurish, kapital va joriy ta'mirlash hamda foydalanish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Sarflangan mablag‘ 2014 yilning shu davriga nisbatan 32,4 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.

2015 yil uchun mo‘ljallangan investitsion dasturlar bo‘yicha 141,6 km avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Shartnomalar va tasdiqlangan reja bo‘yicha 9 oy ichida 375,6 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirilgan va 93,7 km yo‘l rekonstruksiya qilingan.  

“O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi korxonalari tomonidan xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumiy foydalanish avtomobil yo‘llari hamda shahar ko‘chalarida 135,6 mlrd so‘mlik kapital ta'mirlash ishlari olib borildi, 63,3 km yo‘l ta'mirlandi.  

O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga qiruvchi 42654 km avtomobil yo‘llarini joriy ta'mirlash va ekspluatatsiyasi bo‘yicha uzluksiz ishlar olib borildi. 9 oy natijalariga ko‘ra bu yo‘nalishda 431,7 mlrd so‘m sarflangan.

Top