Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiyadan ekstremistik materiallar olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Farg‘ona viloyati sud organlari ekstremizm, ayirmachilik va fundamentalizm targ‘ibotiga bag‘ishlangan materiallar kontrabandasida ayblanayotgan Latib Toshboltayev va Sohibullo Rahmatulloyevlarga nisbata o‘z hukmini o‘qidi.
Sud xodimining 12news.uz muxbiriga xabar qilishicha, Toshboltayev Farg‘ona xalqaro aeroportida Krasnoyarskdan kelgan reys yo‘lovchilarining yuklarini tekshirish chog‘ida qo‘lga olingan.
2 Gb li Smartbuy Micro SD chipi xotirasini tekshirish chog‘ida uning ichidan “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik guruhi ideologlaridan biri Abduvali Mirzayevning chiqishlari qayd qilingan fayllar topilgan. Tergov davomida Toshboltayev bularni Irkutsk viloyatida olganini, ammo ularda yolg‘iz Qur'on oyatlari bor deb o‘ylaganini aytdi.
So‘x viloyatilik 22 yoshli Rahmatulloyev esa Kaluga viloyatida mehnat muhojirligida edi. U ham o‘sha paytda qo‘lga olinib, uning yonidan topilgan 2 Gb li Micro SD kartasi xotirasidan diniy-ekstremistik mazmundagi fayllar topilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu materiallar “Jihodchilar” ekstremistik oqimiga tegishlidir.
Sud har ikki sudlanuvchini 3 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qildi.