16:00 / 18.11.2015
3847

Parijda o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida politsiya iti o‘qqa uchdi

Parij shahri shimolidagi Sen-Deni tumanida terrorchilarning yangi guruhini zararsizlantirish maqsadida o‘tkazilgan aksilterror amaliyot chog‘ida politsiya bergan talofatlar orasida bir it ham bor. Bu haqda BFM xabar tarqatgan.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, ushbu it qamal qilingan bino ichiga kirganida terrorchi tomonidan otib tashlangan.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu amaliyot vaqtida tinch aholi vakili halok bo‘lgani haqida aytib o‘tilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Sen-Denida o‘rnashgan bu guruh Parijda yangi teraktlarni amalga oshirishga tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Amaliyot chog‘ida terrorchilardan 2 nafari yo‘q qilingan va 5 nafari hibsga olingan.

Top