Jahon | 11:57 / 18.11.2015
3417
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda terrorchiligi gumon qilingan 3 kishi qo‘lga olindi

Parijda o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti natijasida Parij teraktlariga aloqadorligi gumon qilingan 3 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda BFM xabar tarqatdi.

Biroz oldinroq, Sen-Deni tumanida o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida otishma sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Otishma vaqtida 1 kishi halok bo‘lgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijda sodir etilgan davomli teraktlar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi jarohatlangan. Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish