Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Rossiyaning IShIDga bergan oxirgi zarbalarini ijobiy baholadi
AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Piter Kuk idora Rossiyaning Suriyadagi operatsiya doirasida amalga oshirilgan oxirgi aviazarbalarni ijobiy baholashini aytib o‘tdi.
Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. “Aftidan, oxirgi aviazarbalar IShID nazorati ostidagi tumanlarga qaratilgan edi. Bu yaxshi”, - ta'kidladi u brifing chog‘ida.
Kuk AQSh Rossiyaning IShIDga qarshi kurash bilangina bo‘lib, mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlash masalasini unutmasligidan umidvor ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda, bunga Putinning Asadga ta'siri natijasida erishish mumkin.