Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pike va Shakiraga nisbatan tovlamachilik qilingani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
"Barselona" futbolchisi Jyerar Pike va uning mahbubasi bo‘lmish qo‘shiqchi Shakiraga ularning sobiq xodimi tomonidan tovlamachilik uyushtirilgani haqidagi xabar futbolchining vakili tomonidan inkor etildi. Bu haqda Daily Mirror xabar tarqatgan.
Biroz oldinroq Braziliyadagi nashrlar noma'lum shaxs ushbu juftlikning intim videolariga ega ekani va bunday videolarni ommaga oshkor qilib yubormaslik uchun pul so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xabarlarda bu shaxs Pike va Shakiraning sobiq xizmatchisi bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.
"Bu xabarlar yolg‘on", deya munosabat bildirgan Pikening vakili.
Qayd etish kerakki, shunga o‘xshash holat Fransiya terma jamoasi a'zosi Matyu Valbuena bilan sodir bo‘lgan. Unga tovlamachilik qilganlar orasida futbolchining terma jamoadagi safdoshi Karim Benzema ham borligi gumon qilinmoqda. Futbolchining o‘zi ham tergovda bu ishga aralashib qolganiga iqror bo‘lgan.
Valbuena 20 noyabr kuni sudda ko‘rsatma beradi.