08:50 / 18.11.2015
2311

Poroshenko xorijiy harbiylarning Ukrainaga kiritilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko boshqa davlatlar harbiylarining Ukrainaga kiritilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Poroshenko saytida ma'lum qilindi.

“Prezidentning 2015 yil 6 noyabrdagi farmoniga ko‘ra, bizning davlatga ko‘p millatli o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun 2015 yilning noyabr-dekabr oylari 61 kunlik muddatga AQSh, NATOga a'zo boshqa davlatlar va “Tinchlik uchun sheriklik” dasturi ishtirokchi davlatlari qurolli kuchlarining bo‘linmalari kiritilishiga ruxsat beriladi”, deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, qonun Ukraina konstitutsiyasida belgilangan tartibotlarni bajarish uchun qabul qilingan va chop etilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Top