Jamiyat | 00:24 / 18.11.2015
7549
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonliklar 2016 yilda deyarli yilning uchdan bir qismi davomida dam olishadi

2016 yilning birinchi oyida Yangi yil va pravoslav Rojdestvosi nishonlanishi munosabati bilan qozog‘istonliklar 13 kun dam olishadi. Qozog‘istonda Yangi yil rasman 1-2 yanvarda nishonlanadi, biroq 2 yanvar shanbaga to‘g‘ri kelishi sababli 4 yanvar ham dam olish kuni bo‘ladi. Qozog‘istonda Rojdestvo 7 yanvarda nishonlanadi, bunga yana yanvardagi 5 ta shanba va yakshanba dam olish kunlari qo‘shilsa, 13 kun bo‘ladi.

Qozog‘istonda qishning oxirgi oyi, ya'ni fevralda aprel, iyun, oktabr va noyabrdagi kabi davlat bayramlari yo‘q, shuning uchun ishchilar faqatgina shanba va yakshanba kunlari dam oladilar, bunday kunlarning soni ushbu 5 oy ichida 43 kunni tashkil qiladi.

Mart oyida faqatgina 4 ta shanba va yakshanba bor, biroq bu oy bayramlarga boy: 8 mart va 21-23 martlarda nishonlanadigan Navro‘z bayrami. Shu tariqa mart oyida aholi 12 kun dam oladi.

2016 yilda 1 mayda nishonlanadigan Qozog‘iston xalqi birdamligi bayrami yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda, shuning uchun 2 may ham dam olish kuni bo‘ladi. Vatan himoyachilari kuni – 7 may bayrami shanbaga to‘g‘ri keladi, shuning uchun dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi. Biroq bu kun, ya'ni 9 may G‘alaba kuni bo‘lgani sababli, bu “bonus” dam olish kuni 10 mayga ko‘chiriladi.

Iyulda qozog‘istonliklar 11 kun dam olishadi, ulardan 10 kuni shanba va yakshanba kunlariga va bir kun 6 iyulda nishonlanadigan Poytaxt kuniga to‘g‘ri keladi.

Avgustda 4 tadan shanba va yakshanba bo‘lib, 30 avgust esa mamlakatda Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadi. Shu tariqa bu oyda 9 ta dam olish kuni bo‘ladi.

13 sentabrda Qurbon hayit nishonlanadi, bunga yana 8 ta shanba va yakshanba kunlari qo‘shilsa, bu oyda ham 9 ta dam olish kuni bo‘ladi.

2016 yilning dekabrida 9 ta shanba va yakshanba kunlari hamda 1 dekabrda Birinchi prezident kuni, 16-17 dekabrda Mustaqillik kunlarida dam olinadi. 17 dekabr shanbaga to‘g‘ri kelgani uchun bu dam olish kuni 19 dekabrga ko‘chiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish