16:00 / 18.11.2015
3240

Qurilish materiallari ishlab chiqarishning O‘zbekiston YaIM hajmidagi ulushi 1,4 foizga o‘sdi

«O‘zqurilishmahsulot» AK 2014 yilda 2 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 2,12 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, deb yozadi review.uz.

Import hajmini qisqartirish maqsadida bir necha turdagi qurilish mollarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi. Korxona hozirda 30dan ortiq turdagi zamonaviy qurilish mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Ko‘pik va gaz beton ishlab chiqarishda isitish quvvati 20-40 foizga qisqartirildi. Quruq pardozlash qorishmalari, keramik va metall cherepitsalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarishning O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmidagi ulushi 1,4 foizgacha o‘sdi. Sohadagi kiritilayotgan investitsiya miqdorini oshirish orqali zamonaviy qurilish mahsulotlari ulushining oshishiga erishildi. 2014 yilda korxona tomonidan 38,2 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yildagi ko‘rsatkich 68,2 mln dollarni (38 foizga o‘sish) tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 9 oyi mobaynida 42,5 mln dollardan oshiqroq investitsiya o‘zlashtirib bo‘lingan.

Top