Jahon | 08:53 / 18.11.2015
2609
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya barcha mamlakatlardan A321 halokati aybdorini topishga yordam berishni so‘radi

Rossiya TIV A321 layneri halokatining aybdorlari qidiruvining boshlanganligini ma'lum qildi. Bu haqda tashkilot saytida e'lon qilingan.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Rossiya shu munosabat bilan “o‘zini do‘st deb bilgan barcha davlatlarga, tashkilot va shaxslarga murojaat qilar ekan aybdorlarni topib, jazolash uchun unga yordam berishlarini so‘ragan”.

Ma'lumotda keltirilishicha, qidiruv ishlari “aybdorlar qeardan bo‘lmasin qidirib topilib, kerakli jazo olmagunlariga qadar davom etadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish