Jahon | 15:47 / 18.11.2015
4233
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyadagi operatsiya muddatlariga o‘zgartirishlar kiritmaydi

A321 bortida terakt amalga oshirilgani tasdiqlanganiga qaramay, Rossiya Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy kampaniya muddatlarini va rejalarini o‘zgartirmaydi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.

“Hech qanday o‘zgarish yo‘q. Gap shundaki, Suriya armiyasining hujumkor harakatlari davom etmoqda, shu bois IShIDga qarshi kurash samaradorligi faqatgina havodan ta'minlana olmaydi, asosiy yo‘nalish beruvchi quruqlik operatsiyasi ham bo‘lishi lozim.

Bu holatda quruqlik operatsiyasini amalga oshirayotgan yagona kuch SAR armiyasidir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning aviatsion madadi Suriyaning IShIDga qarshi hujumlariga muvofiqlashtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish