09:12 / 18.11.2015
3552

Samvel Babayan: “Muhim g‘alabaga erishdik va uni muxlislarga bag‘ishlaymiz"

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi “H” guruhi, 8-tur o‘yinlari doirasidagi Yaman – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etilib, unda avval O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

O‘yin haqida to‘xtalar ekan O‘Zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbbiyi quyidagilarni ta'kidladi:

"Saviyali o‘yin ko‘rsatdik. Kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz bir bosh ustun ekani ko‘rinib turdi. O‘yinni to‘liq o‘z nazoratimizda o‘tkazdik va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Hozir biz eng kam ochko yo‘qotgan jamoa bo‘lib turibmiz. Ushbu g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Biz yaxshi bilamiz, ko‘plab muxlislar g‘alabamizni kutishgandi va chin dildan muxlislik qilib turishdi.

Yamanga qarshi ikki o‘yin ham oson kechmadi, deyishim mumkin. Bunga raqibning himoyadagi tartibli o‘yini sabab bo‘ldi. To‘pni yo‘qotish bilan ular 10 kishi bo‘lib darhol himoyaga o‘tishdi. Bunday himoyani yorib o‘tish juda qiyin. Ammo biz buni bugun uddalay oldik.

Raqib o‘yinida murabbiy ishi ko‘rinib turibdi. Yaxshi mutaxassis ishlayapti Yamanda. Yulduzlar, yorqin, yetakchi futbolchilar yo‘q ekaniga qaramay, bor mahsulotdan yaxshi o‘yin namoyish qiladigan, raqobatbardosh jamoa yarata olgan”, —deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Top