22:34 / 18.11.2015
5846

Saudiya Arabistonidagi suv toshqini natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabaistonida ikki kundan buyon davom etib kelayotgan suv toshqini natijasida 12 nafar kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 6 nafari bolalardir. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Uning bergan ma'lumotiga ko‘ra, bolalar Yanbu va Jidda shaharlari, shuningdek, Xail viloyatida halok bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni hukumati Jidda va Makka shaharlari aholisini uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirdi.

Shaharlarda yomg‘ir va bo‘ron tinmayapti. Ko‘chalar suvga to‘lgan, mashinalar harakati qiyinlashgan. Maktablar va davlat muassasalari yopilgan.

Eslatib utamiz kecha bu haqda xabar berib o‘tilgan edi.

Top