Jamiyat | 20:00 / 18.11.2015
7895
2 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ochiq xat" kitobi yilning eng yaxshi nashrlaridan biri sifatida etirof etildi

Bugun, 18 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «O‘zbekiston matbuoti» V Milliy ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston axborot agentligiga qarashli barcha gazeta-jurnallar, nashriyot va bosmaxonalar, davriy bosma nashrlar, nashriyotlar va elektron ommaviy axborot vositalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida nafaqat mahsulotlar va xizmatlar namoyish qilinadi, balki turli taqdimotlar, uchrashuvlar ham o‘tkaziladi, jumladan, yilning eng yaxshi kitobi kabi tanlov yakunlari ham e'lon qilinadi.

Ko‘rgazmaning bu yilgi tantanali ochilish marosimida ham «Yilning eng yaxshi kitobi» V respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, e'lon qilindi.

G‘oliblar orasida "Hilol-nashr" nashriyoti ham e'tirof etildi. Unda «ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar» nominatsiyasi bo‘yicha shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qalamiga mansub «Ochiq xat» kitobi hamda uning «Otkrytoye poslaniye» deb nomlangan ruscha tarjimasi ko‘rgazmaning II darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish