Sport | 01:19 / 18.11.2015
4826
1 daqiqa o‘qiladi

Stadiondagi shubhali buyum sabab Germaniya - Niderlandiya o‘yini bekor qilindi

Gannoverdagi “HDI-Arena” stadionida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Germaniya va Niderlandiya o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga stadion hududida qoldirib ketilgan shubhali jomadon sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda AP.

Manbaning ma'lum qilishicha, politsiya stadionning barcha yo‘laklarini va yaqin ko‘chalarni yopgan. Ayni damda politsiya topilmani o‘rganmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga Germaniya kansleri Angela Merkel tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish