20:01 / 18.11.2015
9192

Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni istamagan shtatlarga ijtimoiy tarmoqlarda “ajoyib haqiqat”ni eslatib qo‘yishdi

16 noyabr kuni AQShning 50 shtatidan 39 shtati suriyalik qochqinlarni qabul qilmasligini qat'iy ravishda ma'lum qildi. Bunga ayni damda muhojirlarning ishonchliliga gubernatorlarning shubha bilan qarayotganlari sabab bo‘lgan. Qolaversa, Parij teraktlari ham bunga asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning sentabr oyida Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest AQSh 2016 yilda 10 ming nafar qochqinni qabul qilishini ma'lum qilgan edi. Umumiy kvotada esa ularni 75 ming nafargacha qabul qilish ko‘rsatib o‘tilgan.

Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni istamayotgan shtatlarga, ijtimoiy tarmoqlar orqali Apple asoschisi Stiv Jobsning otasi asli suriyalik bo‘lgani haqidagi “ajoyib haqiqatni” eslatib qo‘yishgan.

Top