Jahon | 15:10 / 18.11.2015
2922
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston parlamenti 2016 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi

2015 yilning 18 noyabr kuni Tojikiston parlamenti mamlakatning 2016 yilgi byudjyetini tasdiqladi. Bu haqda “ASIA-Plus” agentligi xabar qildi.

Deputatlar oldida so‘zga chiqqan Tojikiston Moliya vaziri Abdusalom Qurboniyon 2016 yilda davlat byudjyeti hajmi 18 mlrd 306 mln somonini tashkil etishi, bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 3,3 mlrd yoki 19,8 foiz ko‘p ekanini ma'lum qildi.

Mazkur mablag‘larning grantlar va tashqi qarzlar hisobiga olinishi aytib o‘tildi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda ham Tojikiston byudjyetining qariyb yarmi ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. 758 mln somoniy esa tashqi qarzlarni yopishga sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish