21:56 / 18.11.2015
3020

Toshkent shahrida marketing masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 18 noyabrdan 19 noyabrga qadar mo‘ljallangan marketing bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda milliy kompaniyalar vakillari tajriba almashish maqsadida o‘zlarining turli marketing strategiyalarini namoyish etishmoqda. Anjumanda ijtimoiy marketing, korporativ brend va kompaniyani hisobga olish, iste'molchi xulq-atvori, hududiy marketing va boshqa masalalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

Raqamli marketing borasidagi taqdimot eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan qiziqarli mavzulardan biri bo‘ldi. Chunki raqamli marketing xizmatlar va tovarlarni internet yordamida rag‘batlantiruvchi eng kuchli vositaga aylangani ma'lum qilindi.

— Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Shu bois marketing axborot sohasida muhim rol o‘ynaydi va ma'lumotlarni birlashtirishda samarali natija beradi, — dedi Toshkentdagi Singapur menejmentni rviojlantirish instituti katta menejyeri Umidaxon Narimanova.

Umuman olganda, tashkilotchilar va tadbir qatnashchilari ta'kidlaganidek, ushbu anjuman turli kompaniya va tashkilotlar o‘rtasida marketing sohasida tajriba almashuvchi samarali platformaga aylandi.

Top