Jahon | 21:59 / 18.11.2015
2961
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyadan keluvchi bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini rad etdi

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy moddalari borligi sabab Rossiyada ishlab chiqarilgan bemor bolalar uchun maxsus parhezi mahsulotlarini rad etdi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) saytida ma'lum qilingan.

“UXXning professional mutaxassislari olib borgan tekshiruvlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki, fenilketonuriya xastaligi bilan chalingan bemor bolalar uchun maxsus tayyorlangan va Rossiyada ishlab chiqarilgan “Tetrafen”/“Nutrigen” va “Afenilak” parhez mahsulotlari xavfsizlik talablariga javob bermaydi”, — deyiladi ma'lumotda.

UXX yana shuni alohida ta'kidlab o‘tdiki, Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi Rossiya tashuvchisi va Ukraina importerlariga nisbatan maxsus sanksiyalar kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish