Sport | 20:29 / 18.11.2015
3050
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyada futbol mojarosi: Zagrebning "Dinamo" jamoasi prezidenti hibsga olindi

Xorvatiyaning eng yetakchi futbol jamoasi bo‘lmish Zagrebning "Dinamo" jamoasi prezidenti Zdravko Mamich hibsga olindi. Bu haqda AR xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, u korrupsiya jinoyatlarini amalga oshirishda va soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangan.

Ma'lum qilinishicha, Mamichni tegishli organlar yoz faslidan beri kuzatib kelishayotgandi.

U o‘tgan vaqt ichida bir necha marta so‘roq qilish uchun chaqirilgandi. Endilikda esa ish qamoqqa olishgacha borib yetgan.

Huquq tartibot organlarining gumon qilishicha, Mamich bir necha hamtovoqlari bilan transferlar siyosatida qalloblikka qo‘l urgan.
"Dinamo" jamoasi ofisida tintuvlar o‘tkazilgan.

Ma'lumot uchun, Zagrebning "Dinamo" jamoasi ayni vaqtda YeChLda ishtirokini davom ettirmoqda.

Poytaxt jamoasi Xorvatiya chempionatining joriy mavsumida 16 turdan keyin 30 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

1945 yilda tashkil topgan klub o‘z vaqtida Yugoslaviya chempionatining sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan. Mamlakat alohida ajralib chiqqanidan buyon "Dinamo" 12 marta Xorvatiya chempioni bo‘lgan. Jamoa 10 yilda chempionlikni boshqa jamoaga bermay kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish