O‘zbekiston | 19:18 / 19.11.2015
6666
1 daqiqa o‘qiladi

20 noyabrdan O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlanadi

20 noyabrdan O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” start oladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyatida yong‘in xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Toshkent shahar IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Murod Qo‘chqorovning aytishicha, so‘nggi 10 oyda respublika bo‘yicha 1 474 yong‘in yuzaga kelgan bo‘lib, unda 17 kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi aziyat chekkan. 20 kishi qutqarib qolinib, 20 mlrd so‘mdan ortiq moddiy-tovar boyliklari saqlab qolingan.

“Shahar, tuman va aholi yashash joylarida hamda respublika obektlarida yong‘in xavfsizligini kuchaytirish maqsadida Davlat yong‘in nazorati tomonidan 4980ta obekt yong‘in-texnik tekshiruvdan o‘tkazildi, - ta'kidladi u. – Tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha 96 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlanib, shulardan 74 foizi bartaraf etildi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish