Sport | 15:35 / 19.11.2015
2613
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya maydonlarida APLning 13-tur o‘yinlari arafasida Fransiya madhiyasi kuylanadi

Frantsuzlar madhiyasi "Marseleza" Angliya chempionatining 13-turida o‘tkaziladigan o‘yinlar arafasida kuylanadi. Mirror nashrining yozishicha, inglizlar shu tarzda Parij terakti qurbonlari xotirasiga yana bir bor hurmat bajo keltirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish