11:35 / 19.11.2015
11608

AQShda 45 yoshli pedagog o‘z o‘quvchisi bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda

Amerikaning Belmort shahrida 45 yoshli turmushga chiqqan ingliz tili o‘qituvchisi Teyka Uotkins-Xelton 18 yoshli o‘quvchisi bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Ayol 2015 yilning 18-22 may kunlari – o‘smir maktabni tamomlashiga bir necha kun qolganida u bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Politsiya ishqiy mojaro borasidagi tergov ishlarini 15 oktabrda boshladi.

Gap shundaki, Shimoliy Karolina shtatida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ishqiy munosabat o‘rnatilishi jinoyat hisoblanadi. Bunda o‘quvchining voyaga yetgani ham inobatga olinmaydi. Shu sababli ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, ayni paytda u 10 ming dollarga garov evaziga ozodlikka chiqqan.

Uotkins-Xelton Belmont shahridagi South Point High School maktabida 1997 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan bo‘lgan. Shuningdek, u Gaston okrugsida “Yil o‘qituvchisi – 2005” mukofotini ham qo‘lga kiritgan. Ayblanuvchining yillik daromadi esa 46 ming dollarni tashkil etadi.

Politsiya xabariga ko‘ra, jinoyatchi ayolning boshqa qurbonlari aniqlanganicha yo‘q. Huquq-tartibot organlarining jinoyatdan qanday boxabar bo‘lgani ham noma'lum.

Top