Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxeologlar: Janubiy Amerikada aholi 15 ming yil muqaddam yashay boshlagan
Tosh qurollar, jonivorlar suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari arxeologlarga Janubiy Amerikada ilk odamlar 15 ming yil muqaddam paydo bo‘lganini aniqlashga yordam berdi. Qazilma ishlari Chili janubidagi Monte-Verde manzilgohida o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalari PLoS ONE jurnalida e'lon qilindi.
40 yil muqaddam fandagi o‘rnashib qolgan fikrga ko‘ra, Janubiy Amerikaga ilk odamlar 13 ming yil oldin Osiyodan kelgan. Ularning bu hududga ko‘chib kelishi Klovis arxeologik madaniyati bilan bog‘lanar edi. Yangi qazilmalar bu sanani yanada chuqurlashtirish imkonini berdi.
Bu manzilgohda qurollar Klovisdagiga nisbatan boshqacharoq ishlangani aniqlandi.
“Katta kashfiyotlardan biri shundaki, topilmalarning kattagina qismi, 34 foiz atrofida, mahalliy bo‘lmagan materiallardan yasalgandir”, - dedi tadqiqot rahbari Tom Dillexay.
Aytilishicha, ularning ko‘pi qirg‘oqdan, bir qismi esa hatto And tog‘lari ortidan olib kelingan.