Jahon | 14:58 / 19.11.2015
2274
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada Parijdagi teraktni tayyorlashda ishtirok etganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Belgiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Parijdagi teraktlarni tergov qilish jarayonida gumondorlardan biri qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda RBTF.

So‘nggi soatlarda Bryusselning chekka tumanlari, asosan Jyett va Molenbekda olti marotaba tintuvlar o‘tkazildi.

Qo‘lga olingan shaxs Fransiya fuqarosi bo‘lib, 1995 yilda tug‘ilgan. Taxminlarga ko‘ra, u Suriyada IShID jangarilari safida jang olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish