Sport | 18:42 / 19.11.2015
4285
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyadagilar terma jamoa futbolchisini terrorchi deb o‘ylashdi

"Roma" jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi Raji Naingolan Antverpendagilar ko‘ziga terrorchi sifatida ko‘rindi.

Nieuwsblad nashri xabariga ko‘ra, futbolchining tashqi ko‘rinishi u qo‘ngan "Redisson" mehmonxonasining boshqa qo‘noqlarida shubha uyg‘otgan va ular politsiyaga murojaat qilishgan.

Politsiyachilar tezkor ravishda mehmonxonaga yetib kelishgach, bu aslida Belgiya terma jamoasi yetakchilaridan biri ekani ma'lum bo‘lgan.

Politsiya Naingolanga bu bir tushunmovchilik bo‘lgani haqida aytishgan va u bilan esdalik uchun suratga tushishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish