Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:47 / 19.11.2015
1991
1 daqiqa o‘qiladi
Bolgariyada Misrga uchayotgan samolyot bomba haqidagi xabar tufayli qo‘nishga majbur bo‘ldi
Polshadan Misrga uchib ketayotgan samolyot uning bortida bomba borligi haqidagi yolg‘on xabar tufayli Burgas aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Bolgariya matbuoti xabar bermoqda.
“Bomba haqidagi signal 64 yoshli yo‘lovchidan kelib tushdi; uni huquq-tartibot organlari so‘roq qilmoqda”, - deb xabar berdi “Nova televiziya” telekanali.
Samolyot muvaffaqiyat bilan qo‘ndirildi, yo‘lovchilar samolyot bortidan evakuatsiya qilindi. Aksilterror rejimi joriy qilindi, aeroportni politsiya o‘rab oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish