Jahon | 09:36 / 19.11.2015
1764
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada iqlim bo‘yicha sammit vaqtida o‘tkazilishi belgilangan marshlar bekor qilindi

Fransiya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan iqlim bo‘yicha xalqaro sammit bilan bog‘liq ravishda 29 noyabr va 12 dekabr kunlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan marshni bekor qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Shu bilan birgalikda, hukumat turli namoyishlarni yopiq muhitlar yoki xavfsizligi oson ta'minlanadigan joylarda o‘tkazishga ijozat berdi.
“Qo‘shimcha xavflardan qochish uchun hukumat 29 noyabr va 12 dekabr kunlari Parij va Fransiyaning boshqa shaharlaridagi jamoat joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan iqlim bo‘yicha marshlarni tashkil etishga ijozat bermaslikka qaror qildi”, - deyiladi murojaatda.

Bundan avvalroq esa Fransiya hukumati Parijda iqlim bo‘yicha xalqaro sammitni o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish