Jamiyat | 07:48 / 19.11.2015
5361
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada IShIDning muxlislari o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Fransiyaning Marsel shahridagi yahudiylar maktabi o‘qituvchisi IShIDga xayrixoh yoshlar hujumiga uchradi.

Marsel prokurorining aytishicha, 3 nafar yigit "o‘z o‘ljasi"ni ko‘chada ta'qib qilishgan. Ularning biri kiygan futbolkada IShID ramzi tushirilgan.

Hujum qiluvchilardan biri telefonidagi Muhammed Merining suratini (bu jangari 2012 yilda Fransiyada seriyali qotilliklar amalga oshirib, 7 kishini o‘ldirgan) ko‘rsatgan.

Prokurorning qayd etishicha, bu shaxslar o‘qituvchini qo‘rqitishgan va uni o‘ldirish bilan tahdid qilishgan. Shundan so‘ng ulardan biri jabrlanuvchining qo‘li va oyog‘iga pichoq bilan zarba bergan. Shu vaqtda ko‘chada avtomobil paydo bo‘lgach, ular jinoyat joyidan qochib ketishgan. Hujumga uchragan o‘qituvchi ayni vaqtda shifoxonada va uning hayoti saqlab qolingan.

Ma'lumot uchun, Muhammad Meri 2012 yilda Tuluza shahridagi yahudiylar maktabiga bostirib kirib, 2 o‘quvchini va bir qancha ravvinlarni, jami 7 kishini o‘ldirgandi. U qochishga uringan vaqtda mergan tomonidan otib tashlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish