Jahon | 17:42 / 19.11.2015
2664
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi poyezd halokati mashinist xatosi sababli ro‘y bergani aniqlandi

14 noyabr kuni Fransiyaning Elzaz provinsiyasida soatiga 243 kilometr tezlikda harakatlanayotgan TGV tezyurar poyezdining temir yo‘l izlaridan chiqib ketishiga mashinistning xatosi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Frans press agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa mashinistning tormozni kechroq bosgani sababli ro‘y bergan.

Eslatib o‘tamiz, TGV sinov poyezdi 14 noyabr kuni notijoriy tarmoq bo‘ylab tezlik sinovidan o‘tkazilayotgan vaqtda Ekversaym aholi punkti yaqinida halokatga uchragan edi. Avariya tekshirilayotgan tarkib ko‘prik bo‘ylab o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lib, vagonlar daryoga qulab tushgan. Bu paytda poyezdda 49 kishi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish