09:20 / 19.11.2015
3589

Gondurasda qalbaki pasportga ega suriyaliklar qo‘lga olindi

Gondurasda AQShda grek pasportini o‘g‘irlagan besh nafar suriyalik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning Parij teraktida hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan. Suriyaliklar Kosta-Rikaga o‘tayotganda Gonduras poytaxti Tegusigalpeda qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlar Gvatemalaga, u yerdan esa AQShga o‘tishni rejalashtirishgan. Pasportlar qalbakilashtirilgan bo‘lib, ulardagi suratlar o‘zgartirilgan.

Top