Jahon | 15:04 / 19.11.2015
2527
1 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Olland Obamadan IShIDga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qiladi

Fransiya prezidenti Fransua Olland kelgusi haftada Vashingtondagi uchrashuvda AQSh prezidenti Barak Obamani mamlakatlar IShIDga qarshi kurashni kuchaytirish lozimligiga ishontirishga urinib ko‘radi. Bu haqda The Guardian yevropalik diplomat murojaatiga asoslangan holda xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga fransuz rasmiy shaxslari o‘zlarini o‘ta ehtiyotkor tutishga harakat qilmoqda va Amerikaning Suriya va Iroqdagi strategiyasini tanqid qilmaslikka urinmoqda. Biroq ular Obama AQSh harakatlari natijasida qanchalar yirik ko‘lamli muhojirlar inqirozi vujudga kelgani haqida ogohlantirish kerak, deb hisoblashmoqda.

“Biz amerikaliklarga inqiroz Yevropani beqarorlashtirishini tushuntirishni istaymiz. Muammo shundaki, Parijdagi teraktlar va muhojirlar inqirozi bizda vaqt yo‘qligini ko‘rsatmoqda”, - dedi o‘z ismini oshkor qilishni istamagan diplomat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish