Jahon | 13:32 / 19.11.2015
3156
1 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Olland Obamani IShIDga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirishga chaqiradi

Fransiya prezidenti Fransua Olland amerikalik hamkasbi Barak Obamani IShIDga qarshi kurash ishini yanada jadallashtirishga chaqirishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri diplomatik manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

Aytilishicha, Vashingtonda o‘tadigan uchrashuv chog‘ida Olland Obamaga inqirozning naqadar chuqurligini tushuntirishga harakat qilib ko‘radi.
“Muammo shundaki, Parijdagi teraktlar va migratsion inqiroz vaqtimiz yo‘qligini, zudlik bilan harakat qilish lozimligini ko‘rsatmoqda”, - deyiladi suhbatda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish