Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri: Suriyadagi ixtilof – ham fuqarolik urushi, ham “birovning qo‘li bilan olib borilayotgan urush”
Suriyadagi ixtilof – ham fuqarolik urushi, ham “tashki kuchlarning qo‘li bilan olib borilayotgan urush”dir, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtonda diplomatik xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tgan anjumanda.
“Bunga chek qo‘yish kerak”, deb aytdi Kerri. Kerrining fikricha, ixtilofni hal qilish istiqbollarini Vashingtonda boshlangan ko‘p tomonlama diplomatik jarayon ochib beradi. Kerrining aytishicha, bu jarayonda “birinchi marta umumiy stol atrofida barcha manfaatdor tomonlar yig‘ildi”.
Kerri AQSh harbiylarining IShIDga qarshi kurashi muvaffaqiyatlari haqida gapirib, “oxirgi kunlarda AQSh terrorchilik guruhining neftdan oladigan daromadlariga qarshi kurashni boshlaganiga” ishora qildi. “Biz 161 ta neft tashuvchi sisternani yo‘q qildik. Va bu davom etadi. Bu Iroq va Turkiyaga barcha noqonuniy neft yetkazib berishlarga qarshi urush bo‘ladi, jangarilarning bundan olayotgan daromadlari yuz millionlab dollarni tashkil qilmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Kerri.
Kerri, shuningdek, AQSh IShIDga qarshi kurashda boshqa davlatlar bilan yaqindan o‘zaro harakat qilishga umid bildirayotganini aytdi. “Biz oxirgi ikki kun ichida Rossiya va Fransiya Suriyada IShID pozitsiyalarini bombardimon qilishni kuchaytirganini ko‘rdik va biz terrorchilarga qarshi yanada ko‘proq o‘zaro harakatlarni ko‘ramiz”, deb aytdi Kerri, biroq gap qaysi harakatlar va davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.