14:17 / 19.11.2015
7003

Konimexlik fermer 200ga yaqin tuyani parvarish qilmoqda

Navoiy viloyatining Konimex tumanida joylashgan “Saribel” naslchilik-shirkat xo‘jaligida 173ta tuya boqilmoqda. “Oila davrasida” nashrining yozishicha, xo‘jalik sohibi Nortoy Shaltiyev tuyalar ortidan ko‘rayotgan daromadi hisobiga to‘ylar o‘tkazmoqda.

“Og‘aning 173 tuyasi bor. Yigirma besh yildirki, xo‘jalikning Yangiqazg‘on, Tog‘aymurod deb nomlangan yaylovlarida tuya boqadi. O‘g‘illari ham ota kasbini tanlagan. Qizlari va kelinlari esa tuya sog‘ish, junidan ip yigirib, gilam to‘qish hamda turli kiyimlar tayyorlash bilan mashg‘ul. Tuya juni, terisining pishiqligi, foydaliligi qadim-qadimdan ma'lum”, - deyiladi materialda.

Nortoy Shaltiyevning tuyalaridan har kuni 200-250 l atrofida sut sog‘ib olinadi. Shu tariqa, o‘rtacha kunlik daromad 300-350 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shirkat kelajakda tuyalar sonini ko‘paytirish niyatida.

Top