Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Loryan» – «PSJ». Mehmonlar Parij terakti qurbonlarini yod etuvchi maxsus yozuvli futbolkalarda o‘ynashadi
"PSJ" jamoasi futbolchilari Fransiya chempionatining 14-turida "Loryan"ga qarshi o‘yinda Parijdagi terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lganlar xotirasi uchun maxsus yozuv tushirilgan futbolkalarda maydonga tushishadi.
Ma'lum qilinishicha, futbolkadagi "PSJ" emblemasiga ostiga “Je suis Paris” ya'ni “Biz hammamiz – Parij” so‘zlari tushirilgan.
Uchrashuv 21 noyabr kuni “Stad de Mustuar” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parij shahrida davomli teraktlar sodir etildi va bu teraktlar oqibatida 129 kishi halok bo‘lib, 352 kishi jarohatlandi.
Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.