Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:20 / 19.11.2015
2199
1 daqiqa o‘qiladi
Misrga parvoz qilayotgan Polsha samolyoti bortidan portlovchi modda topilmadi
Varshavadan Misrning Xurgad shahriga uchayotgan samolyot borti tekshiruvdan o‘tkazilganida, portlovchi uskuna borligi o‘z tasdig‘ini topmadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Bolgariyaning Burgas aeroportida e'lon qilindi.
Avvalroq avialaynerning 64 yoshli yo‘lovchisi bortda bomba borligi haqida ma'lum qilgani aniqlangan edi.
Bu haqdagi xabar ma'lum bo‘lganidan so‘ng barcha yo‘lovchilar samolyotdan evakuatsiya qilinib, politsiya aeroport atrofini qurshovga oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish