Jahon | 01:53 / 19.11.2015
2291
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yuborishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimolida joylashgan Kano shahridagi mobil qurilmalar bozorida ikki nafar xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Reuters.

Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, portlash natijasida uch kishi halok bo‘lgan. Sakkiz kishi esa turli darajadagi tan jarohati olgan.

Politsiya komissarining ma'lum qilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan 16.00 atrofida sodir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish