10:33 / 19.11.2015
2112

Nyu-York meri suriyalik qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Nyu-York shtati puxta tekshiruvlardan so‘ng, suriyalik qochqinlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda megapolis meri Bill de Blazio Manxettenda o‘tgan matbuot anjumanida xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “shahar bugungi kun insoniyat vakillarining gumanitar fojiasi jabrdiydalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”. Uning ta'kidlashicha, Suriyadan keladigan barcha muhojir va qochqinlar qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi. "Barchasi xavfsiz bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa vaqt lozim, — dedi u. — Biz o‘ta extiyotkorlik bilan harakat qilamiz”.

Blazioning qarori butun mamlakat bo‘ylab shov-shuv bo‘lib ketdi. Uni Yaqin Sharqdan kelayotganlarni o‘z hududiga qo‘ymaslikka chaqirishdi. Xususan qo‘shni Nyu-Jyersi shtati gubernatori respublikachi Kris Kristi bu borada ko‘p bora o‘z fikrni bildirib o‘tgan.

Top