18:36 / 19.11.2015
3457

OAV: fransuz suv osti kemasi O‘rta Yer dengizida razvedka olib bormoqda

Aviatashuvchi guruh tarkibida O‘rta Yer dengiziga kirgan fransuz atom suv osti kemasi razvedka olib borishni boshladi, deb xabar bermoqda La Provence axborot portali.

18 noyabrda “Sharl de Goll” fransuz aviatashuvchi kemasi Tulonni tark etdi va IShID terrorchilik guruhiga qarshi qurollangan operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘rta Yer dengizining sharqiy qismiga yo‘l oldi. Frantsuz eskadrasi Fransiyaning IShIDga qarshi operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha sa'y-harakatlari doirasida harakat qilmoqda.

Aviatashuvchi guruhga hafta oxirida kemalarga qarshi La Motte-Picquet fregati, ko‘p maqsadli Aquitaine fregati, “Aviation” ta'minlash tankeri kelib qo‘shiladi. Sentyabrdan beri “Sharl-de Gol” kemasiga Belgiya harbiy-dengiz kuchlarining Leopold fregati va Chevalier Paul fransuz fregati hamrohlik qilmoqda. Frantsuz kemasiga, shuningdek, Buyuk Britaniya qirollik harbiy-dengiz flotining HMS Defender esminetsi ham hamrohlik qiladi.

Fransiya Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan 65 ta davlatdan tashkil topgan koalitsiyaga kiradi. O‘tgan hafta Parijda sodir etilgan teraktlardan keyin Fransiya Suriyada zarbalar berishni jadallashtirish maqsadida ushbu hududga aviatashuvchi kemasini yubordi.

Top