Jahon | 15:31 / 19.11.2015
4710
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Rossiya Asad va qonuniy hukumat o‘rtasida tanlovni amalga oshirishi lozim

AQSh prezidenti Barak Obama Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan suhbat chog‘ida Suriya ixtilofiga munosabat bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Rossiya va Eron amaldagi prezident Bashar Asad va qonuniy hukumat o‘rtasida tanlovni amalga oshirishi lozim.

Obamaning fikricha, Asad hokimiyat tepasida ekan, mamlakatdagi fuqarolik urushi to‘xtamaydi.
Associated Press agentligining keltirishicha, Obama Suriyada siyosiy o‘zgarishlarni boshlab berish uchun tayanch nuqtasi bo‘ladigan diplomatik qadamlarni tashlashga chaqirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish