Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi 44 mlrd so‘mlik 120 ta shartnoma imzoladi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasida ishtiroki natijalariga ko‘ra bir qator hamkorlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzdi.
Kooperatsion birjada ishtirok etganlarga milliy aviakompaniyaning faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Milliy aviakompaniya stendiga tashrif buyurganlarga milliy aviakompaniya logotipi tushirilgan axborot bukletlari, reklama mahsulotlari va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kontakt axboroti taqdim qilindi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, aviakompaniyaning bu yilgi buyurtmalar portfeli 44 mlrd so‘mlik 120 ta shartnomani tashkil qildi.
Shartnomalarning asosiy qismi mahalliy hamkorlar, jumladan: bir martalik idishlar yetkazib beruvchi “Central Asian Constiction Ltd.” MChJ, maxsus ishchi kiyim ishlab chiqaruvchi “Iftixor Kiyim Sanoat” MChJ va “Saloman S Roliks” MChJ, gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Selen Lux” MChJ va boshqalar bilan imzolandi.