08:36 / 19.11.2015
3036

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yillik mahsulot ayirboshlash hajmi 300 mln dollarga yetishi mumkin

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi yillik mahsulot ayirboshlash hajmi 300 mln dollarga (816,3 mlrd so‘m yoki 31,6 mlrd rupiy) yetishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif Samarqandda "The News Teller" nashri muxbiriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

U ayni vaqtdagi ko‘rsatkichlar haqida gapirmagan.

Pokiston bosh vaziri 17-18 noyabr kunlarida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. U 17 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hamda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, bir qator masalalar xususida gaplashgan. Ikki tomon bu uchrashuvlarda turli sohalardagi (savdo, ta'lim, fan va madaniyat) o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.

Top