Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin IShID jangarilari xitoylikni o‘ldirganini tasdiqladi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 19 noyabrda IShID jangarilari tomonidan Xitoy fuqarosi Fan Tszinxuey o‘g‘irlanib, o‘ldirilgani haqidagi axborotni tasdiqladi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Xun Ley ma'lum qildi.
“Biz halok bo‘lganning oilasiga hamdardlik bildiramiz. Xitoy hukumati bu vahshiyona harakatni qoralaydi va barcha aybdorlarni javobgarlikka tortadi”, deyilmoqda vazirlik saytida joylashtirilgan xabarda.
Xitoylik diplomat Pekin xitoylik asirni ozod qilish uchun barcha imkoni bor usuldan foydalangani aytdi. Xitoy TIV bergan bayonotda Xitoy begunoh fuqarolar ustidan istalgan zo‘ravonlikka qarshi chiqishi ta'kidlab o‘tildi.
Xitoy raisi Si Tszinpin ham o‘z navbatida bu qotillikni qoraladi. “Xitoy istalgan shakldagi terrorchilikka qarshi chiqadi”, deb aytdi Xitoy yetakchisi.
Avvalroq IShID asirlikda ushlab turgan xitoylik va norvegiyalikni o‘ldirganini ma'lum qilgandi. Bungacha terrorchilar ikkala asirni go‘yoki tavon puli evaziga qo‘yib yuborishlarini ta'kidlashgan.