Jahon | 22:54 / 19.11.2015
4782
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQSh IShIDga nisbatan kurash taktikasini o‘zgartiradi

AQSh IShIDga nisbatan kurash taktikasini o‘zgartiradi hamda uning neft o‘choqlariga zarba beradi, deb xabar bermoqda Pentagon rahbari Eshton Karter ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti”.

“Biz o‘z ishtirokimiz yo‘nalishini o‘zgartirishga tayyormiz. Biz o‘z taktikamizni o‘zgartirdik”, — dedi Karter.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh neft sanoatida band bo‘lgan tinch aholi vakillariga hujum qilmaydi. Parij voqealaridan so‘ng, AQSh yuqoridagi o‘zgarishlarni qabul qildi va terrorchilarning manbasi bo‘lmish neft o‘choqlariga zarba beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish