Jahon | 08:50 / 19.11.2015
2680
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyada AQSh va Rossiya harbiylari o‘rtasida aloqa kanallari har kuni tekshirilayotganini ma'lum qildi

Pentagon vakili polkovnik Stiv Uorren Suriyada AQSh va Rossiya harbiylari o‘rtasida aloqa kanallari har kuni tekshirilayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz bu liniyani har kuni tekshiramiz, biroq men buni suhbatlashish deya olmayman. Biz ruslar bilan har kuni gaplashamiz, biroq bu shunchaki aloqani tekshirish”, deb aytdi Uorren.

Avvalroq Pentagonda rossiyalik va amerikalik ekipajlar Suriya havo hududida “mashg‘ulot” o‘tkazishganini aytmaslik zarurligi, chunki bu bor-yo‘g‘i “aloqani tekshirish” bo‘lgani aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish