09:15 / 19.11.2015
4290

Pokiston bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18 noyabr kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Shundan so‘ng Muhammad Navoz Sharif O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrif buyurdi.

Pokistonlik siyosatchi Imom Buxoriy majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi, Amir Temur maqbarasi va Registon majmuasini ziyorat qildi.

UzAning xabar qilishicha, Pokiston delegatsiyasi a'zolari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yuk avtomobillari va avtobuslar, qishloq xo‘jalik texnikalari ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi. Samarqanddagi JV MAN Auto Uzbekistan, SamAvto korxonalarida ishlab chiqarilayotgan MAN va Isuzu rusumli yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa transport vositalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu bilan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Top