14:40 / 19.11.2015
3184

Qarshilik erkak o‘zi ijara turgan uy egasining pullarini o‘g‘irlab ketdi

Qarshilik erkak o‘zi ijara turgan uy egasining pullarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, ayblanuvchi Furqat Xo‘jayorovni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Aytilishicha, u D. Xoliqovaga tegishli uyda ijarada turib kelgan. Bir kuni Xo‘jayorov uy bekasi qayerda pul yashirayotganini ko‘rib, o‘g‘irlik sodir etishga qaror qilgan.

Tungi vaqtda u sandiqdan 1.22 mln so‘m pulni o‘g‘irlab, Samarqandga qochib ketgan. Bir necha kun u yerda turib, so‘ng Qarshiga qaytib kelgan. Ammo u tezda qo‘lga olingan.

Top