20:53 / 19.11.2015
11239

Qirg‘iziston bosh vaziri: O‘shdagi zilzila juda katta zarar keltirdi

“Shuni ma'lum qilish kerakki, O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilzilaning zarar keltirgan ko‘lami juda keng”, — dedi Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Temir Sariyev.

“Bugun biz zarar ko‘rgan aholi yashash punktlarini borib ko‘rdik. Misol uchun, Qizilsuv qishlog‘ida bo‘linganda, u yerda 152 ta uy vayron bo‘lgan ekan. Shulardan 10 tasi yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Oloy tumanida ham xuddi shunday manzarani uchratish mumkin”, — deb ma'lum qildi Temir Sariyev.

O‘sh viloyati mutaxassislari 3 381 ta binoda olib borgan tekshiruvlari natijasida 897 ta bino birinchi darajali, 1401 ta bino ikkinchi darajali, 856 ta bino uchinchi darajali, 227 ta bino to‘rtinchi darajali va yana 115 obekt turli darajali zarar ko‘rganligi ma'lum bo‘ldi.

Top