Jahon | 01:47 / 19.11.2015
4905
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviatsiyasi IShIDning Suriyadagi marralariga keng ko‘lamli aviazarbalar berdi

Rossiya Bosh shtabining bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Andrey Kartapolovning ma'lum qilishicha, Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi Rakka, Dayr az Zaur, Halab va Idlib viloyatlaridagi IShID terrorchilik tashkiloti marralariga ikkinchi ommaviy zarbalar uyushtirdi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 5.00 dan 5.50 ga qadar Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Rakka va Dayr az Zaur viloyatlaridagi IShID obektlariga aviazarba bergan. Aviazarbalar terrorchilarning qurol-aslaha va o‘q-dorilar saqlanadigan omborxonalari, texnikalari, jangarilarni tayyorlash lagerlari, shuningdek, portlovchi qurilmalar tayyorlaydigan ustaxonalariga berilgan.

“Moskva vaqti bilan 9.00 dan 9.10 ga qadar Rossiya hududidan Halab va Idlib viloyatlaridagi IShID obektlariga Tu-160 raketa tashuvchisidan 12 ta qanotli raketa uchirildi”, — deb qo‘shimcha qildi general. Natijada jangarilarning uchta qo‘mondonlik punkti, ikkita qurol-yarog‘ va o‘q-dori saqlanadigan ombori, dala qarorgohlari yo‘q qilingan.

Shundan so‘ng, Kartapolovning ma'lum qilishicha, aynan shu viloyatlardagi terrorchilarning olti marrasiga Tu-22M3 bombardimonchisi aviazarbalar uyushtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish